Toyvo Klaar, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi, O‘zbekiston xalqini Mustaqillikning 35 yilligi bilan tabriklaydi; Shaxsiy hayotga bevosita ta’sir qiladigan imkoniyatlar yaratish
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toyvo Klaar Janobi Oliylari O‘zbekiston xalqini Mustaqillikning 35 yilligi bilan tabriklaydi | EEAS
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toyvo Klaar Janobi Oliylari O‘zbekiston xalqini Mustaqillikning 35 yilligi bilan tabriklaydi
“Men uchun O‘zbekiston shunchaki men ishlayotgan mamlakat emas. Bu yerda vaqtimni o‘zgacha va unutilmas qilgan insonlar bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ldim. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni qadrli ham aynan shu jihatlarda!”
Toyvo Klaar, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi
O‘zbekistonda bo‘lgan vaqtim davomida ko‘p narsalarni boshdan kechirdim. Samimiy kutib olishlar. Uzoq uchrashuvdan keyin bir piyola choy ustida davom etgan suhbatlar. Rasmiy uchrashuvdan so‘ng davom etadigan muloqotlar. Toshkentda va mamlakatning turli hududlarida uchratgan insonlarimning tabassumi, qiziquvchanligi va samimiy mehmondo‘stligi. Men uchun O‘zbekiston shunchaki men ishlayotgan mamlakat emas. Bu yerda vaqtimni o‘zgacha va unutilmas qilgan insonlar bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ldim. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni qadrli ham aynan shu jihatlarda! Birgalikda ta’lim, biznes, yashil rivojlanish, transport, kasbiy ko‘nikmalar va O‘zbekistonning turli hududlaridagi jamoalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida - odamlarning kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiladigan imkoniyatlar yaratish ustida ishlayapmiz. Poytaxtdan tortib hududlargacha, yangi imkoniyatlarni kashf etayotgan yoshlardan tortib, yanada yaxshi kelajakni barpo etayotgan jamoalargacha — biz birgalikda oldinga intilmoqdamiz. Biz birgalikda katta yo‘lni bosib o‘tdik. Ishonchim komilki, hali oldimizda birgalikda amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan juda ko‘p ishlar bor. Shu qutlug‘ ayyomda barchangizga: sheriklik, ishonchz va samimiy mehmondo‘stlik uchun Rahmat, O‘zbekiston deyman. Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin! O‘zbekistonning kelajagi tinch, farovon va yangi imkoniyatlarga boy bo‘lsin. Hamkorligimiz bundan keyin ham yanada rivojlanib, mustahkamlanib borsin — birgalikda.
Yevropa Ittifoqi Festivali - 2026
Yevropa Kunini biz bilan Toshkentdagi Yevropa Ittifoqi Festivalida nishonlang
Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushini boshlaganiga to‘rt yil
Yevropa Kino Festivalining O‘zbekistondagi 10 yillik yubileyi nishonlandi!